Liviyada suv toshqini qurbonlari 5,2 mingga yetdi

Olam

image

Liviyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar 5,2 ming kishiga yetdi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Mahalliy Qizil Xoch ko‘ngillilari 10 ming kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Telekanalga ko‘ra, sel qirg‘oq bo‘yidagi Derna shahrining chorak qismini vayron qilgan, u yerda kuchli yomg‘ir tufayli ikkita to‘g‘on yorilib ketgan.

Liviyaning sharqiy qismidagi suv toshqinlariga joriy yilning 10 sentyabr kuni mamlakatni qamrab olgan “Daniel” to‘foni sabab bo‘lmoqda. Tabiiy ofat qirg‘oq bo‘yidagi Jabal al-Axdar, Derna va Beng‘ozi shaharlariga zarar yetkazgan.

Ayni paytda sharqdagi Kirenaika provinsiyasining uchta hududida komendantlik soati joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya suv toshqinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing