Nepaldagi ko‘chki va suv toshqini qurbonlari soni 900 kishidan oshdi
Olam
−
10:59 939 1 daqiqa
Nepaldagi ko‘chki va suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 900 kishidan oshdi. Bu haqda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish milliy boshqarmasi xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 10 ming 461 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Qarib 4 ming 200 nafar mahalliy aholi va sayyohlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Tunnellarda gidroenergetika ob’ektlarining kamida 933 nafar xodimi to‘silib qolgan bo‘lishi mumkin.
Toshqin bir nechta aholi punktlari, yo‘llar va gidroenergetika ob’ektlarini vayron qildi. shuningdek, loyqa-seli oqimi Xitoyning Tibet muxtor tarmog‘idagi Girung uyezdida joylashgan chegara punktini ham yuvib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 avgust ertalab Nepalda muz va tosh ko‘chkisi tushishi oqibatida suv toshqini yuz berib, Bxote-Koshi daryosida suv sathining keskin ko‘tarilishiga olib keldi.
Live
Barchasi