Qirğizistonda energetik içimliklar taqiqlanişi mumkin
Olam
−
10:44 477 2 daqiqa
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov hukumatga bir oy muddatda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga olib kirişni taqiqlaş masalasini körib çiqişni topşirdi. Bu haqda u fuqarolarga yöllagan murojaatida ma’lum qildi.
Prezident topşiriğiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi olti oy içida qonunçilik doirasida tegişli çoralarni amalga oşirişi kerak.
Japarovning aytişiça, bunday taşabbus energetik içimliklarning aholi salomatligiga ta’siri borasidagi xavotirlar bilan boğliq. Mazkur masala avvalroq fuqarolar va Jogorku Keneş deputatlari tomonidan ham kötarilgan.
Prezident energetik içimliklar iste’moli kölamiga oid raqamlarni ham keltirgan. Unga köra, 2025 yilda Qirğiziston aholisi 54,2 million litr, ya’ni qariyb 129 million banka energetik içimlik iste’mol qilgan. 2026 yilning birinçi yarmida esa bu körsatkiç 36,1 million litrga yoki taxminan 85,9 million bankaka yetgan.
Şu bilan birga, davlat rahbari ehtimoliy taqiqning iqtisodiy oqibatlariga ham e’tibor qaratgan. Uning dastlabki hisob-kitoblariga köra, bu qaror oqibatida byudjet töğridan töğri va bilvosita soliq tuşumlaridan qariyb 1,5 milliard som miqdorida mahrum bölişi mumkin.
“Millat, fuqarolar va kelajak avlodlar salomatligini pul bilan ölçab bölmaydi”, deydi Sadir Japarov.
Prezident kasalliklar oqibatlariga qarşi kuraşişdan köra, ularning oldini oliş muhimroq ekanini ta’kidlagan. Şuningdek, u tibbiyot mutaxassislarining energetik içimliklarni ortiqça iste’mol qiliş bilan boğliq xavflar haqidagi ogohlantirişlarini inobatga olişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Içki işlar vazirligi mamlakatda spirtli içimliklar savdosiga bir qator çeklovlar joriy etişni taklif qilganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi