“Liverpul” braziliyalik Jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” jamoasi darvozabonlar bilan ishlovchi braziliyalik Klaudio Taffarel bilan shartnoma imzoladi. Bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa Taffarelni taklif qilish sabablari haqida gapirdi.

“Biz jamoada darvozabonlar falsafasini yaratmoqchimiz, chunki futbolda darvozabon pozitsiyasiga alohida ahamiyat kasb etadi. Alison bilan ham suhbatlashdik, murabbiylar shtabimizni Taffarel bilan kuchaytirish orqali bunga yechim topdik. O‘ylaymizki, bu taklif ko‘p narsaga yangicha qarashga imkon beradi”, deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp germaniyalik Ralf Rangnik “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan havotirda ekanini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Taffarel Braziliya terma jamoasi safida 101 o‘yin o‘tkazgan va 1994 yilgi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Bunga qadar Klaudio Braziliya terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va “Liverpul”ning asosiy darvozaboni Alissonga murabbiylik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Klopp Rangnik Taffarel'

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing