Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
Olam
−
24 Oktabr
3499Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Isroil va Livanning “Hizbulloh” harakati o‘rtasidagi janglar fonida Livanga favqulodda yordam ko‘rsatish uchun 1 milliard yevroga yaqin mablag‘ yig‘ildi. Bu haqda bugun, 24 oktyabr Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, 800 million yevro aholiga insonparvarlik yordami, 200 million yevro esa Livan qurolli kuchlarini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Tadbirda 70 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Germaniya 96 million yevro, Fransiya esa 100 million yevro ajratadi.
Parij Bayrut bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qoladi, bu aloqalarni, xususan, 1990 yillarda fuqarolar urushi tugaganidan keyin qayta qurishni qo‘llab-quvvatladi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi bosqichda Livan favqulodda yordam uchun kamida 400 million yevro talab qiladi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron konferensiyada "Bizga Livanda o‘t ochishni to‘xtatish kerak", dedi. U mamlakat va uning aholisini “erkin, suveren Livan”ni tiklash uchun Parij qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. Makron janglarda tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotganidan afsusda ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchilari kecha, 23 oktyabr kuni kechqurun Livan poytaxti Bayrutning “Hizbulloh” harakati nishonlari joylashgan janubiy chekkalariga zarbalar bergandi. Livan Milliy axborot agentligi Isroilning kamida 17 ta zarbasi haqida xabar berib, ularni mojaro boshlanganidan beri "eng shafqatsiz" hujum deb atadi.