Livanda 900 mingga yaqin odam jangovar harakatlar tufayli uylarini tark etdi
Olam
−
21:20
373Livanning 900 mingga yaqin aholisi Isroil va “Hizbulloh” harakati o‘rtasidagi jangovar harakatlar tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Livandagi vakolatxonasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, BMTning migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti mutaxassislari o‘z uylarini tark etgan aholining sonini 896,3 ming kishi deb hisoblaydi, ularning 51 foizga yaqini ayollardir.
Boshqarma Livan hududida ichki ko‘chirilganlar uchun 1173 ta vaqtinchalik boshpana mavjudligini eslatgan.
“Ulardan 975 tasi allaqachon to‘lgan. Boshpanalar jami 188 mingga yaqin odamni o‘z ichiga oladi”, deyilgan boshqarma xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning Bayrut markaziga bergan zarbasi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lib, 23 kishi yaralangandi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, favqulodda vaziyatlar xodimlari vayronalar orasidan omon qolganlarni qidirayotgan paytda qurbonlar soni ortishi mumkin. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlarning shaxsini aniqlash uchun DNK testlaridan foydalanilmoqda.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi