Livan Isroil bilan chegaraga 10 ming askar joylashtiradi

Olam

image

Livan Isroil bilan chegaraga – mamlakat janubiy hududiga 10 ming kishilik qo‘shin joylashtiradi. Bu haqda Livan Mudofaa vaziri Moris Slim bugun, 27 noyabr kuni  “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazir mamlakat ichida faqat Livan armiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) harakat qilishini ta’kidladi. 

“Biz Livan armiyasining janubdagi mavjudligini 10 mingga kengaytiramiz. Biz xalqaro rezolyutsiyalarni bajarish tarafdorimiz va janubiy chegara bo‘ylab harbiylarni joylashtirish orqali suverenitetimizni himoya qilamiz”, dedi vazir.  

Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulhga ko‘ra, Livan hukumati mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan “noqonuniy qurolli guruhlarning tugatilishi”ni ta’minlaydi va qurol-yarog‘ kontrabandasining oldini oladi. Bundan tashqari, qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha ruxsat etilmagan ob’ektlar demontaj qilinadi va ularning zaxiralari musodara qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu fuqarolariga, agar “Hizbulloh” o‘zini qurollantirsa yoki chegara yaqinidagi infratuzilmasini tiklasa, Isroil Livanda jangovar harakatlarni davom ettirishiga va’da bergan edi.

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing