Livan Bosh vaziri ham Jo‘loniyni yo‘qlab Damashqqa bordi

Olam

image

Livan Bosh vaziri Najib Mikati rahbarligidagi delegatsiya Damashqqa borib, Suriyani amalda idora qilayotgan Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy laqabi bilan mashhur) va muvaqqat hukumat Tashqi ishlar vaziri Faysal ash-Shiboniydan iborat rahbarlar bilan uchrashdi. Bu haqda SANA xabar berdi.

Qayd etilishicha, kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvdan so‘ng Mikati va ash-Shara hamkorlikka oid qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazgan. Anjuman davomida ash-Shara yangi Suriya hukumatining asosiy ustuvor vazifasi ichki vaziyatni barqarorlashtirish va Suriya-Livan chegarasini aniq belgilash ekanini qayd etgan.  

Mikati esa qurollar kontrabandasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriya va Livan chegarasini nazorat qilishning ahamiyatini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, HAMAS va Isroil o‘rtasida urush boshlanganidan beri ushbu chegara Suriyadan Livanga “Hizbulloh” uchun Eron qurollarining kontrabandasiga bir necha bor foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ahmad ash-Shara o‘tgan yil oxirida Suriyada hokimiyatni egallaganidan beri Damashqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Qatar Tashqi ishlar vazirligi davlat vaziri Muhammad al-Xulayfiy, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Livan Abu Muhammad al-Jo'loniy Najib Mikati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing