Litvada prezidentlik saylovining hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Olam
−
26 may
3706Litvada bugun, 26 may kuni prezidentlik saylovining ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgi davlat rahbari, sotsial-demokratlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan partiyasiz nomzod Gitanas Nauseda va hukmron o‘ng markazchilar koalitsiyasidan nomzod bo‘lgan mamlakat Bosh vaziri Ingrida Simonite eng yuqori hukumat lavozimiga da’vogarlik qilmoqda.
Favorit 60 yoshli iqtisodchi Nauseda bo‘lib, u ikki hafta avval birinchi turda ishonchli g‘alaba qozongan (44 foiz ovoz), lekin mutlaq ko‘pchilik ovozini qo‘lga kirita olmagan. O‘shanda 49 yoshli Simonitni saylovchilarning 20 foizi qo‘llab-quvvatlagan.
Litvada prezidentlik poygasining asosiy mavzulari Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzi, uning Litva milliy xavfsizligi uchun oqibatlari, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‘ldi. Gitanas Nauseda Rossiyaga qarshi mudofaa urushida Ukrainaning kuchli tarafdori sifatida nom qozondi.
Litvada Prezident birinchi navbatda vakillik funksiyalarini bajaradi, ammo Germaniyadan farqli o‘laroq, tashqi va mudofaa siyosati sohasida keng vakolatlarga ega.
Litva yaqin yillarda Germaniya Bundesverining asosiy harbiy missiyasining markazida bo‘ladi. Yevropadagi xavfsizlik vaziyatining o‘zgarishiga va Rossiyaning xatti-harakatlariga javoban Germaniya hukumati Litva hududida besh minggacha askardan iborat jangovar brigadani doimiy ravishda joylashtirishga va’da bergan.
LiveBarchasi