Abdulla Tangriyevga yutqazgan dzyudoçi Fransiya prezidenti bölmoqçi
Sport
−
18:19 961 2 daqiqa
Dzyudo böyiça beş karra olimpiya çempioni va 12 karra jahon çempioni Teddi Riner 2027 yilda Fransiya prezidentligiga öz nomzodini qöyadi. Bu haqda 37 yoşli Riner X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma’lum qildi.
Riner özining “önglar tarafdori ham, söllar tarafdori ham emasligini” va “birlaştiruvçi prezident” bölişga intilayotganini ma’lum qilgan.
U hozirça amaldagi Prezident Emmanyuel Makronning faoliyatiga baho bermasligini aytgan.
“Men aybdorlarni qidirmayapman. Men yeçimlarni topiş uçun şu yerdaman”, deya qöşimça qilgan dzyudoçi.
Rinerning sözlariga köra, u saylovoldi kampaniyasini “öz çöntagidan” moliyalaştiradi va zarur bölgan 500 ta imzoni töplaşiga işonçi komil. Fransiyada prezidentlik saylovlari 18 aprel kuni bölib ötadi.
Ma’lumot uçun, Riner 2012, 2016 va 2024 yilgi Olimpiadalarda 100 kg dan ortiq vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan, şuningdek, Tokio va Parijda jamoaviy turnirlarda zafar quçgan. E’tiborli jihati şundaki, Teddi Riner 2008 yilda Pekinda bölib ötgan Olimpiya öyinlarida bronza medalini qölga kiritgan. Öşanda 19 yoşli Riner 100 kg dan ortiq vazn toifasida yarim finalgaça yetib borib, özbekistonlik dzyudoçi Abdulla Tangriyevga yutqazib qöygan. Tangriyev oltin medal uçun keçgan keskin bellaşuvda Yaponiya vakili Satoşi Işiiga mağlub bölib, faoliyatidagi eng yuqori Olimpiya mukofoti – kumuş medalga ega çiqqan.
Live
Barchasi