Litva uch nafar Xitoy diplomatini mamlakatdan quvdi

Olam

image

Kecha, 29 noyabr kuni Litva Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning mamlakatdagi vakolatxonasi, ya’ni diplomatik missiyasi tarkibidan uch nafar xodimni persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, vazirlik Xitoy diplomatlari Vena konvensiyasi va Litva qonunchiligini buzganini bildirgan, ammo tafsilotlar oshkor etilmagan.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ushbu xodimlar Litvani bir hafta ichida tark etishlari kerak. Bu holat ikki davlat o‘rtasidagi allaqachon tarang bo‘lgan munosabatlarni yanada keskinlashtiradi.

Xitoyning Litvadagi vakolatxonasi bu xabarlarga izoh bermagan.

Nashrning yozishicha, Xitoy 2021 yilda Tayvanga Litvada de-fakto elchixona ochishga ruxsat berilganidan so‘ng ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni pasaytirgan va xalqaro korporatsiyalarga Boltiq bo‘yi davlatidan uzilish uchun bosim o‘tkazgan.

Ma’lumot o‘rnida, Vena konvensiyasi diplomatik aloqalar va diplomatik missiyalar faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi. U 1961 yil 18 aprelda Avstriyaning Vena shahrida qabul qilingan va 1964 yilda kuchga kirgan. Konvensiya diplomatik missiyalarning asosiy huquqiy qoidalarini belgilaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Britaniyaning Moskvadagi elchixonasida ishlagan diplomat Uilks Prayorni josuslikda ayblab, akkreditatsiyadan mahrum qilgan va unga ikki hafta ichida mamlakatdan chiqib ketish shartini qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Litva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing