Litva Tixanovskayani Belarusga topshirishdan bosh tortdi

Olam

image

Litva Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayani Minskka ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Litva Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Belarus Tergov qo‘mitasi siyosatchini ekstraditsiya qilish va Respublika Bosh prokuraturasiga tegishli hujjatlarni topshirish tashabbusi bilan chiqqan.

“Litva siyosiy ta’qibga uchragan odamlarni ekstraditsiya qilmaydi. Minsk buni yaxshi biladi”, deydi Litva TIV Matbuot xizmati rasmiysi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 9 avgustda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 80,1 foiz ovoz to‘plagan Aleksandr Lukashenko oltinchi marta g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng, Lukashenkoning g‘alabasidan norozi bo‘lgan aholining mamlakat poytaxti Minsk va boshqa mintaqalar bo‘ylab tartibsizlik va namoyishlari boshlanib ketdi.

Tarqoqlik paytida xavfsizlik kuchlari maxsus vositalar va jihozlardan foydalandi. Rasmiylar uch nafar namoyishchining o‘limini tasdiqlagan.

Namoyishlar asta-sekin o‘z xususiyatini mahalliy va kichik songa o‘zgartirdi. Joriy yilning 11 fevral kuniga kelib esa Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgani va avjiga chiqqan norozilik namoyishlari deyarli tugagani to‘g‘risida xabar berdi.

Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya esa Belarus Prezidenti saylovida g‘olib bo‘lganini ta’kidlab kelmoqda. U ayni damda Latviyada bo‘lib turibdi. Lekin Belarusga qaytishni hamda bahorda qayta namoyishlar boshlashni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Minsk Litva Belarus' Tixanovskaya

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing