Litva Belarus bilan chegaradagi ikkita punktni yopadi

Olam

image

Litva hukumati joriy yilning 18 avgustidan boshlab Belarus bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktini yopadi. Bu haqda mamlakat Transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Agne Vaychyukyavichyute ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, chegaradagi “Shumskas” (Belarus tomonidan – “Losha”) va “Tveryachyus” punkti yopilgandan keyin Belarus bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti ochiq qoladi.

Shundan so‘ng, harakat “Myadininkay” nazorat punktiga (Belarus tomondan – “Kamenniy Log”) yo‘naltiriladi.

Ikki nazorat punktini yopish to‘g‘risidagi qaror Belarusga ko‘chib kelgan “Vagner” yollanma askarlari tahdidining kuchayishi bilan bog‘liq.

Litva va Polsha rasmiylariga ko‘ra, Belarusda to‘rt mingdan ortiq yollanma askar bor, ularning ba’zilari Litva-Polsha chegarasi yaqinida joylashgan. 

Shuningdek, Litva ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Arnoldas Abramavichus barcha oltita nazorat-o‘tkazish punktlarining yopilishi jiddiy tashkiliy muammolarni keltirib chiqarishini aytgan.

O‘z navbatida, Belarus Davlat chegara qo‘mitasi Litva hukumatining qarorini tovarlar harakatiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, Litvadan sayyohlar oqimini kamaytiradigan “yana bir nokonstruktiv va nodo‘stona qadam” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Polsha Belarus bilan bog‘lovchi temir yo‘llarni yopishi mumkinligi hamda chegarani qo‘riqlashni kuchaytirish uchun ushbu hududga qo‘shimcha 2 ming askarini yuborgani haqida xabar bergandik. Polsha rahbari Anjey Duda esa chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli Janubiy Koreyaga safarini bekor qildi. Boisi, joriy yilning 1 avgust kuni chegara yaqinida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Belarusning ikki harbiy vertolyoti Polsha havo hududini buzib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Litva Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made