Polsha rahbari chegaradagi vaziyat tufayli safarini bekor qildi

Olam

image

Polsha Prezidenti Anjey Duda Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Jamboree World Scouts yig‘iniga bormaydigan bo‘ldi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “The Dong-a Ilbo” gazetasi xabar berdi.

"Prezident Dudaning Janubiy Koreyaga tashrifi ayni damda bekor qilindi. Bu qarorga Belarus harbiy vertolyotlarining Polsha havo hududiga bostirib kirishi munosabati bilan kuchayib borayotgan keskinlik ta’sir ko‘rsatdi", degan hukumatdagi manba. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Dudaning bunday qaroriga yana bir sabab “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining Belarusga ko‘chirilishi munosabati bilan yuzaga kelgan “jiddiylashgan qarama-qarshilik”dir.

Bundan tashqari, bugun, 8 avgust kuni Janubiy Koreya hukumati Koreya yarim oroliga 10 avgustda tushishi kutilayotgan “Kanun” to‘foni sababli Cholla-Pukto provinsiyasidagi lagerdan Jambori skautlarining barcha ishtirokchilarini olib chiqishni boshlagan. 

Aytilishicha, skautlarning keyingi global yig‘ini 2027 yilda Polshada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Prezident Duda Janubiy Koreyaga safari davomida harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga ham tashrif buyurishni rejalashtirgan edi. Chunki Varshava va Seul 2022 yilda Janubiy Koreya qurollarini keng miqyosda yetkazib berish bo‘yicha kelishib olgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgust kuni Polsha Belarusning ikki harbiy vertolyoti mamlakat havo chegarasini buzganini ma’lum qilgandi. Shu kuni respublika mudofaa vaziri Mariush Blashak Belarus bilan chegarada harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirish va jangovar vertolyotlar orqali xavfsizlikni kuchaytirishni buyurdi. Belorus Mudofaa vazirligi esa Polsha chegarasini buzish haqidagi ayblovlarni g‘alati deb atadi. Rasmiy Minskka ko‘ra, bunday ayblovlar Polsha harbiy-siyosiy rahbariyati tomonidan Belarus chegarasi yaqinida kuchlar va aktivlar to‘planishini oqlash uchun ilgari surilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Pol'sha Belarus' Vagner Anjey Duda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing