Polsha Belarus bilan chegarasida snayperlar va jangovar vertolyotlarni joylashtirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Polsha Belarus bilan chegarasiga snayperlar va jangovar vertolyotlarni joylashtirdi. Uchuvchilar xavf tug‘ilganda hech ikkilanmasdan o‘t ochishga tayyor. Bu haqda Polsha bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Marek Sokolovski mamlakat Mudofaa vaziri Mariush Blashak bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchuvchilar jangovar tajribaga ega professionallar bo‘lib, barchasi Afg‘oniston va Eronda xizmat qilgan. 

“Vertolyotlar qurollangan va jangga tayyor. Bu yerda to‘liq parvoz ruxsatnomasiga ega juda tajribali uchuvchilar bor. Ular Afg‘oniston va Iroqda men bilan birga havo-desant qurollari va raketalarni ishlatgan uchuvchilardir. Agar favqulodda hodisalar yuz bersa, ular qurol ishlatishdan tortinmaydi”, deydi Sokolovskiy.

Qo‘mondon o‘rinbosarining aytishicha, chegara hududlariga quruqlikdagi kuchlarning birinchi aviatsiya brigadasi va Polsha Qurolli kuchlarining 25-havo otliq brigadasi vertolyotlari joylashtirilgan.

“Ular zudlik bilan javob berish rejimida ikkita pozitsiyaga asoslanadi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, 1 avgust kuni Polsha Mudofaa vazirligi Beloveji viloyatida past balandlikda ikki Belarus vertolyoti mamlakat havo hududini buzib o‘tganini ma’lum qilgandi. Polsha ochiq ma’lumotlar tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bu vertolyotlar Mi-24 va Mi-8 edi.

Bunga javoban Belarus Mudofaa vazirligi ushbu bayonot bilan Polsha chegara yaqinida qo‘shinlar to‘planishini oqlashga urinayotganini bildirdi. 3 avgust kuni Polsha hukumatining sobiq rahbari Vlodzimej Simoshevich RMF FM radiosi orqali ikki vertolyot Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning himoyasiga tegishliligini aytgan. Minsk bu ma’lumotlarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Belarus' snayperlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made