Litva Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni boshladi 

Olam

image

Litva Belarus bilan chegarada to‘rt metrli to‘siq qurishni boshladi. Bu haqda ushbu loyiha uchun mas’ul bo‘lgan EPSO-G kompaniyasiga tayanib xabar berilgan.  

“To‘siqning o‘zi Polsha va Niderlandiyada ishlab chiqarilmoqda, uning dastlabki 100 kilometri noyabr va dekabr oylarida yetkazib beriladi. EPSO-G’ga ko‘ra, bu qism 2022 yilning 30 apreliga qadar yakunlanishi kerak”, deyilgan xabarda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, Litva migratsiya inqirozi sharoitida Belarus bilan chegarada 400 kilometrlik devor qurishni rejalashtirmoqda. Vilnyus bu loyiha uchun Yevropa Ittifoqidan moliya qidirmoqda. 

Hozircha Bryussel to‘siq qurilishi uchun mablag‘ ajratilishini rad etgan, biroq Yevropa Ittifoqining yondashuvini o‘zgartirishga chaqiruvchi davlatlar koalitsiyasi kuchayib bormoqda. 

Shu kunlarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada qo‘lga olingan noqonuniy muhojirlar soni ko‘paygani haqida xabar berib, Minskni migratsiya inqirozi keltirib chiqarishda aybladi. 

Avvalroq, Germaniya Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi migratsion inqiroz sharoitida chegara nazoratini kuchaytirganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Litva Belarus'

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing