Litsenziya talab etilmaydigan faoliyat turlari bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
23 iyun 2020 15006 1 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, joriy yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya.
Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 ish kunida tasdiqnoma elektron ko‘rinishda xabardor qiluvchiga yetkaziladi.
Shu bilan birga, noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 16 martda “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan noshirlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025