UEFA litsenziyasi tugagan Anchelottini imtihonga chaqirdi

Sport

image

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) “Real Madrid” ustozi Karlo Anchelottidan murabbiylik imtihonidan o‘tishni talab qilmoqda. Bu haqda “Football Italia” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Anchelottining murabbiylik litsenziyasi 2021 yilning 31 dekabrida tugagan. UEFA agar “Don Karlo” yana jamoani boshqarishni istasa, imtihondan o‘tishi kerakligini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, Aleksandr Cheferin boshchiligidagi tashkilot tomonidan 62 yoshli italiyalik mutaxassisga litsenziyasi uzaytirilgunga qadar imtihondan o‘tishi va to‘liq ruxsatnoma olishi kerakligi haqida ogohlantirish xati yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2021 yilning yozida “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan. Mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2024 yil o‘z yakuniga yetadi. Italiyalik murabbiy bunga qadar 2013 yildan 2015 yilgacha “Qirollik klubi”ni boshqargan va 12 yil kutilgan YeCHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti klublar miqyosida 21 ta musobaqada g‘alaba qozongan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Litsenziya UEFA Anchelotti ECh

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing