“Umra” litsenziyasini olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Jamiyat
−
18 Oktabr
7337“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 oktyabrdagi “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ etib belgilangan.
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar esa quyidagilardan iborat:
Ariza: unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
-
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
-
tadbirkorlik sub’ekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari.
-
Litsenziya talabgori tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning “Ziyorat” jamg‘armasiga 1 million AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
-
“Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga guruh rahbari etib diniy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
-
“Umra” xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligi, Haj va Umra vazirligining “Umra” litsenziyasiga ega bo‘lgan hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnoma nusxasi;
-
ziyoratchilarni tashish va parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha aviakompaniya(lar) tuzilgan hamkorlik shartnomasi nusxasi;
-
tadbirkorlik sub’ektining ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun zamonaviy jihozlangan binoda faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi ma’lumot;
-
tadbirkorlik sub’ektining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 3 baravari.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Umra” tadbirlarini tashkil etish uchun litsenziya olish borasida yangi talablar e’lon qilingandi. Umra ziyorati xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdori BHMning 200 baravari (75 million so‘m) etib belgilangan.
LiveBarchasi