Leningradda daryodan o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Olam
−
05 Oktabr 2019
5661Rossiyaning Leningrad viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Neva daryosidan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 3 oktyabr kuni Neva daryosida O‘zbekiston fuqarosi Sh.M.ning jasadi topilgan. Ayni paytda tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda o‘zbekistonlikning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda marhumning qarindoshlariga yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.
LiveBarchasi