Olma-otada o‘zbekistonlik o‘ldirib ketildi

Olam

image

Kecha, 4 oktyabr kuni Qozog‘istonning Olma-ota viloyati, Talg‘ar tumanida qurilayotgan uylardan birida O‘zbekiston fuqarosi Q. B. ning jasadi topildi. Bu haqda TIV Olma-otadagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.

Qotillik fakti bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi ochilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini Vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik qurilish Olma-ota

Baholaganlar

98

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing