Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi qoldirildi
Olam
−
26 Oktabr
7096Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 28-29 oktyabr kunlari O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi kechiktirildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26 oktyabr kuni Lavrov O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan telefon suhbatida tashrif rejalari o‘zgargani sababli, 28-29 oktyabrga mo‘ljallangan Toshkentga safarini boshqa muddatga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
“Ikki davlat yetakchilari tomonidan qabul qilingan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish niyati tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham rossiyalik mavqedoshi bilan telefonda gaplashganini va bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qilganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sergey Lavrov joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishini va u Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishini bildirgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr