Lavrov rus siyosatchilarining Qozog‘iston yerlari haqidagi “provokatsion nutqlari”ga izoh berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya tashqi siyosatiga mas’ul rasmiylar hech qachon Qozog‘iston va u bilan tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida provokatsion bayonotlar bermagan va bermaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘istonning “Xabar 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Vazirdan Rossiya siyosatchilarining (aniq qanday bayonotlar va odamlar muhokama qilinayotganini ko‘rsatmasdan) Qozog‘iston haqidagi ba’zi “provokatsion nutqlari”ga izoh berish iltimos qilindi.

“Menimcha, siyosatchilarning, ba’zi parlamentariyalarning bunday shubhali, qayerdadir provokatsion bayonotlari demokratik hayotning muqarrar qismidir. Sizni ishontirib aytamanki, bizning munosabatlarimizning mavjud xalqaro-huquqiy asoslariga putur yetkazadigan bunday bayonotlar hech qachon haqiqiy siyosat ko‘rinishida bo‘lmaydi”, deya javob berdi diplomat.

Shuningdek, Lavrov bahsli bayonotlar bilan o‘ziga e’tibor qaratadigan turli xil siyosatchilar borligini, ammo Moskvaning tashqi siyosatini belgilaydiganlar har doim Qozog‘istonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini ta’kidladi.

Hududiy da’vo mojarosi

Eslatib o‘tamiz, “Yagona Rossiya” partiyasi a’zosi, Rossiya Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov televideniyedagi “Katta o‘yin” dasturida “Qozog‘iston hududi Rossiya va Sovet Ittifoqining ajoyib sovg‘asi”, deb aytgan edi. 

Joriy yilning dekabr oyida "Yagona Rossiya" partiyasining yana bir a’zosi, Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Nikonovning pozitsiyasiga qo‘shildi va bundan tashqari, Qozog‘iston o‘z hududlarini Rossiyaga berishi kerakligini aytdi. 

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Marat Sizdikov Rossiya Federatsiyasining muvaqqat ishonchli vakili Aleksandr Komarov bilan uchrashuv chog‘ida RF Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonovning respublika hududi to‘g‘risida OAVda bergan bayonotidan norozi ekanini bildirdi. Rossiyalik diplomatga Qozog‘iston TIV tomonidan norozilik notasi topshirildi.

Keyinchalik Nikonov Qozog‘iston Respublikasi chegaralariga aylangan Qozog‘iston SSR chegaralarini belgilashda Qozog‘iston manfaatlari to‘liq hurmat qilinishini tushuntirdi

Qozog‘istonda rus siyosatchilarining bayonotlari salbiy qabul qilindi. Ba’zi bir rus siyosatchilarining Qozog‘istonga qarshi tez-tez provokatsion hujumlari davlatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi ba’zi rossiyalik deputatlarning bayonotlari Rossiyaning rasmiy pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

Mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Yegemen Kazaxstan” gazetasi e’lon qilgan “Mustaqillik – eng qadrli ne’mat” nomli maqolasida Qozog‘iston yerlariga nisbatan bo‘layotgan qo‘l uzatishlarga har qanday yo‘l bilan qarshi turish kerakligini urg‘uladi

Prezident mamlakat yerlari chet elliklarga hech qanday tarzda sotilmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Lavrov To'qaev

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing