Lautaro Interning YeCHLdagi top-4 to‘purarlari safiga kirdi
Sport
−
17 may 2023 3613 1 daqiqa
Argentinalik futbolchi Lautaro Martines Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finalining “Milan”ga qarshi javob uchrashuvida (1:0) “Inter”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Argentinalik futbolchi “neradzurrilar” safida turnirdagi 10-golini kiritdi va bu borada Samuel Eto'o bilan tenglashib, klub safida YeCHLda gol urish bo‘yicha 4-o‘ringa chiqib oldi.
“Inter”ning YeCHLda gol urish bo‘yicha rekordchisi braziliyalik Adriano hisoblanadi. U Milan klubi safida Yevropa Chempionlar ligasida 14 ta gol kiritgan. Kuchli uchlikka Xulio Kruz (13) va Ernan Krespo (11) ham kirgan.
Lautaro joriy mavsum “Inter” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025