“Barselona” Alvaresga muqobil variant topdi
Sport
−
11:08 700 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni transfer qilish qiyinlashayotgani sababli Lautaro Martinesni unga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda “beIN SPORTS” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni ehtimoliy “B” rejasi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Agar yaqin kunlarda Alvares transferi bo‘yicha ijobiy natijaga erishilmasa, “Barselona” Lautaro Martines variantiga jiddiy e’tibor qaratadi.
Biroq argentinalik hujumchining transferi ham kataloniyaliklar uchun oson bo‘lmaydi. Martinesning “Inter” bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.
O‘tgan yil may oyida futbolchining o‘zi “Inter”dan ketish niyati yo‘qligini bildirgan edi. Klub prezidenti Juzeppe Marotta esa “Barselona” bilan Martines transferi bo‘yicha muzokaralar olib borilganini qat’iyan rad etgan.
Mahalliy OAVlarning xabarlariga ko‘ra, “Inter” Martinesni taxminan 120 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Live
Barchasi