“Golden Boy”ga qimmatbaho maşina haydaş taqiqlandi
Sport
−
17:20 293 2 daqiqa
“Barselona” himoyaçisi, joriy mavsumdagi “Golden Boy” mukofoti ğolibi Pau Kubarsining ota-onasi öğliga klub tomonidan sovğa qilingan yangi avtomobilni haydaşni taqiqladi. Bu haqda Kubarsi “The Athletic” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
“Men maşinalarni yaxşi köraman. Vaqti-vaqti bilan yangi modellarni körib turaman. Ammo ota-onam 19 yoşimda qimmatbaho maşina haydaşimni istamaydi. Ular biroz kutişim, ulğayişim va tajriba orttirişim kerakligini aytişdi”, deydi Kubarsi.
“Barselona”ning homiylaridan biri bölgan Ispaniyaning Cupra avtomobil işlab çiqaruvçisi har yili jamoa futbolçilariga yangi maşinalar taqdim etadi. Biroq Kubarsining ota-onasi 19 yoşli öğlining qimmatbaho avtomobil boşqarişini ma’qullamagan. Şu sababli, futbolçi hanuzgaça oilasiga tegişli eski maşinadan foydalanmoqda. Yangi Cupra avtomobili esa otasiga berilgan.
Ma’lumot uçun, “Barselona” himoyaçisi Pau Kubarsi 2026-2027 yilgi mavsumda barça musobaqalarda 13 ta uçraşuvda maydonga tuşgan. 19 yoşli ispaniyalik futbolçi uşbu bahslarda gol urmagan bölsa-da, ikki marta golli uzatmani amalga oşirgan. La Liga doirasida esa 9 ta öyinda iştirok etib, maydonda jami 782 daqiqa harakat qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasi safida Angliyaga qarşi öyinda jarohat olgandi.
Live
Barchasi