“Barselona” Lautaro uchun taklif tayyorlamoqda
Sport
−
18:43 266 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Argentina terma jamoasi va “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martinesning transferi uchun dastlabki taflini tayyorlamoqda. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, kataloniyaliklar dastlabki taklifni tayyorlamoqda. Uning qiymati 100 million yevrodan oshmaydi. 28 yoshli argentinalik hujumchi ham kataloniyaliklar safiga o‘tishga tayyor. Biroq “Barselona” hali “Inter” bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak.
Avvalroq, kataloniyaliklar Julian Alvares bo‘yicha “Atletiko Madrid” bilan kelisha olmagan edi. Lautaro bilan bog‘liq vaziyatda ham xuddi shunday muammo mavjud: “Barselona” milanliklar bilan kelishuvga erishishi lozim. Ayni paytda “Inter” argentinalik hujumchini sotish niyatida emas.
Ma’lumot uchun, Lautaro Martines o‘tgan mavsumda “Inter” safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi 2018 yildan buyon “Inter” sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt davomida klub safida 376 ta o‘yinda 175 ta gol urgan va 56 ta golli uzatma bergan.
Live
Barchasi