Latviyada ishsiz qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
12 avgust 4190 1 daqiqa
Latviyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Riga shahriga pul topish maqsadida borgan fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan hamda ishsiz qolgan. Shundan so‘ng, u elchixonadan O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Diplomatlar Latviya Migratsiya xizmati xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazib, fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatgan. Mamlakatdagi O‘zbekiston elchixonasi va Xalqaro migratsiya tashkilotining Rigadagi vakolatxonasi ko‘magida fuqaro vaqtincha turar joy bilan ta’minlangan. Shuningdek, uning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi “Vatanga qaytarish” nomli xayriya aksiyasi doirasida mamlakatga qaytarilgandi.
Live
Barchasi