La Liga grandi APLning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

“Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keyta va “Kristal Pelas” hujumchisi Uilfrid Zaha yozgi transfer oynasida “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.

Har ikki futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun ispan klubi futbolchilarni tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

28 yoshli Nabi Keyta “Liverpul” tomonidan 2018 yilning yozida “RB Leypsig”dan 60 million yevro evaziga sotib olingandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

30 yoshli Zaha “Kristal Pelas” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013 yilda “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi. 2014 yilning avgustida Zaha yana sobiq jamoasiga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing