La Liga Afrikada o‘tkazilishi mumkin
Sport
−
11 aprel 797 1 daqiqa
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaviyer Tebas milliy chempionat o‘yinlarini boshqa davlatda o‘tkazish fikrini yana ilgari surdi. Bu haqda prezident MAP nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Manbaga ko‘ra, Tebas chempionat o‘yinlarini Marokashda o‘tkazish bo‘yicha muhokama qilgan. Bu variantning avvalgi takliflardan ustunligi Marokashning geografik jihatdan yaqinligi deb ko‘rilmoqda.
“Ha, Marokashdagi Ispaniya chempionatini kuzatib boruvchi muxlislar sonini hisobga olsak, u yerda o‘ynash osonroq bo‘ladi deb o‘ylayman, ayniqsa sayohat bilan bog‘liq logistik cheklovlar juda kam bo‘lgani uchun”, deydi La Liga prezidenti.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Liga “Barselona” – “Villareal” o‘yinini AQSHning Mayami shahrida o‘tkazmoqchi bo‘lgandi, ammo keskin norozilik sabab bekor qilingandi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi