Ispaniyada Tebasga qarshi ish qo‘zg‘atildi
Sport
−
11:23 388 1 daqiqa
Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) La Liga prezidenti Xaver Tebasning “Real Madrid” haqidagi bayonotlariga huquqiy baho berish uchun masalani Sport ma’muriy tribunaliga (TAD) yubordi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy ssenariylardan biri sifatida Tebasning o‘z lavozimidan chetlatilishi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Mojaro joriy yilning 20 sentyabr kuni “Real Madrid”ning La Liga doirasida “Atletiko Madrid”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvidan keyin boshlangan. O‘yindan so‘ng “Real” bosh murabbiyi Joze Mourino bosh hakam Ortis Ariasning “Atletiko” futbolchilari Li Kan In va Kristian Romeroga qizil kartochka ko‘rsatmaganidan norozilik bildirgan.
Shundan so‘ng Xaver Tebas “Real Madrid” va klubning rasmiy telekanali – “Real Madrid TV”ni hakamlarga bosim o‘tkazishda aybladi. U hatto telekanal faoliyatini natsistlar Germaniyasi targ‘ibot vaziri Yozef Gebbelsning targ‘ibot uslublari bilan taqqosladi. Bu bayonotdan keyin “Real Madrid” Tebasning so‘zlarini keskin qoralab, La Liga rahbariyatini o‘zgartirishga chaqirgan.
Ma’lumot uchun, 64 yoshli Xaver Tebas 2013 yildan buyon La Liga prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. U 2023 yil dekabr oyida 2027 yilgacha mo‘ljallangan to‘rtinchi muddatga qayta saylangan.
Live
Barchasi