Kutilmaganda Sharl Mishel ham Ukrainaga bordi

Olam

image

Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Bu haqda siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Kiyevda yana do‘stlar orasida bo‘lish juda yaxshi",  deb yozgan Yevropa kengashi rahbari.

Mishel bugun, 21 noyabr kuni Kiyevning uchinchi nufuzli mehmoni bo‘ldi. Avvalroq Ukrainaga Moldova Prezidenti Mayya Sandu va Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pastorius kelgan edi. Ular ukrainalik siyosatchilar va Ukraina rahbari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.

Tashriflar Ukraina har yili 21 noyabrda nishonlaydigan "Qadr-qimmat va erkinlik kuni"ga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot uchun, bu Sharl Mishelning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri beshinchi tashrifi. U Ukrainaga 2022 yil 20 aprel, 9 may va 2023 yil 19 yanvar va 3 fevral kunlari kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ukraina Kiev Sharl' Mishel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing