Kutilmagan natija qayd etilgan turda Abdusattorov g‘alabaga erishdi
Sport
−
18 yanvar 2023 15874 1 daqiqa
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida “Tata Steel-2023” xalqaro turniri davom etmoqda. 17 yanvar kuni musobaqaning 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
“Masters” guruhida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. 4-turda eronlik Parham Magsudluga qarshi dona surgan Abdusattorov 6 soat davom etgan partiyadan so‘ng g‘alabaga erishdi. “Shallenger” guruhida esa Javohir Sindorov hindistonlik Adiban bilan bahs olib borib, murosa yo‘lini tanladi.
4-turning kutilmagan o‘yini jahon tojdori norvegiyalik Magnus Karlsen ishtirokida bo‘ldi. Magnus mezbonlar vakili Anish Giriga imkoniyatni boy berdi.
Ortda qolgan turlardan so‘ng, Nodirbek Abdusattorov 2 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgan bo‘lsa, Javohir Sindorov 1 ta g‘alaba 3 ta durang natijaga erishdi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr