Kurash. Artyom Shturbabin Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Sport

image

Artyom Shturbabin Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining kurash dasturi bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 8-oltin medalni keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin chempionlikni qo‘lga kiritgan. U finalda eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirib, musobaqa oltin medaliga ega chiqqan.

Shuningdek, -52 kg vazn toifasining final bellashuvi yakunlandi. Ahamiyatlisi unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash keldi. Bahs Hilola Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Sitora Elmurodova esa musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kurash Xanchjou Artyom Shturbabin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing