Kurash. Artyom Shturbabin Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
30 Sentabr 2023
3847Artyom Shturbabin Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining kurash dasturi bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 8-oltin medalni keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin chempionlikni qo‘lga kiritgan. U finalda eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirib, musobaqa oltin medaliga ega chiqqan.
Shuningdek, -52 kg vazn toifasining final bellashuvi yakunlandi. Ahamiyatlisi unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash keldi. Bahs Hilola Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Sitora Elmurodova esa musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.