Kurash bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshilari aniqlandi

Sport

image

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) tomonidan turli nominatsiyalarda 2023 yilning eng yaxshilari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi Muhsin Hisomiddinov yilning eng yaxshi erkak kurashchisi deb topildi. Bu borada ayollar o‘rtasida sovrin dominikanlik Audrey Arelisga nasib etdi.

Turkmanistonlik mutaxassis Do‘rdqo‘li Tejenov yilning eng yaxshi erkak murabbiy, xitoylik Xu Yuhua esa eng ayol murabbiy deya e’tirof etildi.

O‘zbekiston uchun yana bir e’tiborli jihat shundaki, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov yilning eng yaxshi kurash promouteri sovriniga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, bir nechta nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi.

  • Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi –Muhsin Hisomiddinov - +100 kg, O‘zbekiston;
  • Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi– Audrey Arelis - +87 kg, Dominikan;
  • Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi– Do‘rdqo‘li Tejenov - Turkmaniston;
  • Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi – Xu Yuhua – Xitoy;
  • Yilning eng yaxshi erkak referisi– Vikrant Kumar – Hindiston;
  • Yilning eng yaxshi ayol referisi – Tang Vai Bunn - Malayziya;
  • Yilning eng yaxshi milliy federatsiyasi –Turkmaniston Kurash federatsiyasi;
  • Yilning eng yaxshi konfederatsiyasi– Yevropa kurash konfederatsiyasi;
  • Yilning eng yaxshi kurash texnikasi– Basel Valaa Eldeeb - Misr;
  • Yilning eng yaxshi kurash promouteri – Adham Ikramov;
  • Yilning eng yaxshi yutug‘i– World Series Pro xalqaro turniri;
  • Yilning eng yaxshi kurash musobaqasi– Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati.

Maqola muallifi

Teglar

Kurash Adham Ikramov Muhsin Hisomiddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made