Jahon chempionati sovrindorlariga avtomobillar topshirildi

Sport

image

Boks, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlariga Prezident sovg‘asi – BYD avtomobili hamda pul mukofotlari topshirildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. 

Sovrinlarni o‘z egalariga topshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarovlar qatnashdi.

 Joriy yilning sentyabr oyida Liverpulda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 11 ta sovrindori, 2024 yilning dekabr oyida Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Ruslan Nuriddinov va shu yilning avgust oyida Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati oltin medali sohibi Artur Guliyev va ularning murabbiylari Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, musobaqalarda g‘olib bo‘lgan sportchilarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari taqdim etildi:

  • Oltin medal egalari — 15 000 AQSH dollari;
  • Kumush medal egalari — 7 500 AQSH dollari;
  • Bronza medal egalari — 3 750 AQSH dollari.

Murabbiylarga esa ushbu summalarning yarmi miqdorida mukofot puli berildi. Bundan tashqari, oltin medal sovrindorlariga BYD Song Plus Champion, kumush va bronza medal egalari hamda ularning murabbiylariga esa BYD Chazor avtomobillari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Liverpulda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Milliy Olimpiya qo'mitasi Jahon chempionati Adham Ikramov Odil Abdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing