Toshkentda o‘tkazilgan 120 ming dollarlik kurash turniri yakunlandi 

Sport

image

Kecha, 22 noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun nufuzli World Series Pro turniri o‘tkazildi. Sovrin jamg‘armasi 120 ming AQSH dollarini tashkil etgan turnirda erkaklar 4 ta, ayollar esa 3 ta vaznda bahslarga kirishdi.

Erkaklar o‘rtasida 4 ta vaznning 3 tasida oltin medal kurash vatani vakillariga nasib etdi. Jumladan, -66 kg vazn toifasida Artyom Shturbabin, -81 kg da Umid Esonov va +100 kg da Muhsin Hisomiddinov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. -90 kg vaznda esa gruziyalik Pa Gviniashviliga teng keladigan raqib topilmadi.

Ayollar o‘rtasida 3 ta vaznda mezbon sportchilar 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. -57 kg vazn toifasida Ibodatxon Agajonova va +70 kg da Pokizaxon Kamoliddinova musobaqa g‘olibi bo‘ldi. -70 kg da esa g‘oliblik Belgiya vakili Vikto Bologaga nasib etdi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan sportchilar 10 ming, 2-o‘rin sohiblari 5 ming va bronza medal egalari ming AQSH dollari pul mukofoti sohibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

kurash Muhsin Hisomiddinov Umid Esonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing