Nodirbeklar kurashida g‘olib aniqlandi

Sport

image

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Uzchess Cup” turnirida Nodirbek Yoqubboyev oxirgi turdagi durangdan so‘ng “Masters” guruhida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Turnirning so‘nggi turida Nodirbek Yoqubboyev xitoylik Yuy Yan I bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa Yoqubboyev 5,5 ochko bilan  “Masters” guruhida chempion bo‘ldi va 25 ming dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi. 

2-o‘rinni egallagan Nodirbek Abdusattorov ham chempion bilan bir xil natija qayd etdi, lekin qo‘shimcha natijalarga ko‘ra u Nodirbek Yoqubboyevga 1- o‘rinni boy berdi. 2-o‘rinni egallagan Nodirbek Abdusattorov 20 ming dollar, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan xitoylik Yuy Yan I esa 15 ming dollar mukofot puli oldi.

Ma’lumot uchun, 6 iyunda boshlangan mazkur turnir o‘tgan yili dekabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatidan so‘ng, O‘zbekistonda o‘tkazilgan eng yirik shaxmat turniri hisoblanadi. Turnirning umumiy mukofot miqdori 166 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Musobaqada  “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlari bo‘yicha reytingi 2500 dan yuqori shaxmatchilar ishtirok etdi.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent kurash Nodirbek Yoqubboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made