O‘zbek kurashi Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan joy oldi
Sport
−
20 dekabr 2024
1887Albaniyaning Tirana shahri Islom birdamligi sport assotsiatsiyasining 13-Bosh assambleyasiga mezbonlik qilmoqda. Assambleya doirasida o‘zbek sporti uchun muhim kelishuvlardan biriga erishilib, kurash sport turi Islom birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbek kurashi 2025 yil Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan joy olgan. Tadbir doirasida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi va Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi rahbariyati uchrashib, o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichlari haqida qator masalalarni muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya poytaxti Ar-Riyod 2025 yilgi Islom birdamligi o‘yinlariga mezbonlik qilishi xabar qilingandi.
Musobaqalar kelasi yilning 7-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.