Islom birdamligi o‘yinlarining mezboni aniq bo‘ldi

Sport

image

2025 yilgi Islom birdamligi sport o‘yinlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni kunlarda Albaniya poytaxti Tirana shahrida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA)ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada kelasi yil o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan Islom birdamligi o‘yinlarining mezbonligi va tashkilotning kelgusidagi faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqilyapti. 

Yig‘ilishda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod kelasi yil Islom birdamligi o‘yinlariga mezbonlik qilishi rasman tasdiqlandi. Bo‘lajak musobaqa 7-21 noyabr kunlariga belgilangan. Musobaqalar dasturidan 13 ta Olimpiya, 4 ta noolimpiya, 3 ta Paralimpiya va 1 ta milliy sport turi o‘rin olgan. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi Islom birdamligi o‘yinlari 2022 yil Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston delegatsiyasi 56 ta davlat orasida 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng 2-o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ar-Riyod Islom birdamligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing