O‘zbek kurashi Islom birdamlik va jahon gimnaziya o‘yinlariga kiritiladi 

Sport

image

Kurash sport turi Islom birdamlik o‘yinlari, xalqaro gimnaziya o‘yinlari dasturidan o‘rin oladi. Bu haqda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) prezidenti Haydar Farmon Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan murabbiylik seminarida ma’lum qildi.

“Xalqaro sport tashkilotlari, nufuzli o‘yinlar direksiyalari bilan muzokaralar o‘tkazdik. Shuni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqchimanki, Kurashni endilikda Islom birdamlik o‘yinlari, xalqaro gimnaziya o‘yinlari Dasturidan o‘rin oladi. Biz bu bo‘yicha ijobiy kelishuvlarga erishdik”, deydi Farmon.

Shuningdek, Farmon o‘zbek kurashini Olimpiada o‘yinlariga kiritish bo‘yicha muhim qadamlar tashlanayotganini qo‘shimcha qildi.

“Mustaqil tan olingan sport a’zolari ittifoqi (AIMC) a’zoligiga qabul qilinish jarayonining amaliy bosqichi boshlandi. Bu borada kerakli masalalar bo‘yicha ham sammit davomida AIMC Prezidenti Stefan Foks bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi. AIMC Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan Kurashni tan olinishi va kelgusida Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishidagi muhim qadamlardan biridir”, deydi IKA rahbari.

Qayd etish joiz, o‘zbek kurashchilari o‘tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida 4 ta oltin 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, bu borada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga eng katta ulush qo‘shgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kurash Haydar Farmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made