Ko‘p yillar Kante jamoamda bo‘lishini istaganman – Tuxel

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” futbol klubi yangi bosh murabbiy Tuxel qo‘l ostida Angliya Premer Ligasining 20-turida “Vulverxempton”ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazdi. Durrang bilan yakunlangan matchdan so‘ng, Tuxel o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Eng qizig‘i, men mavsum o‘rtasida jamoaga keldim.  Lekin, allaqachon, Kay Xavers, Timo Verner va Antonio Ryudiger kabi o‘yinchilarni taniyman. Ko‘p yillar davomida Kanteni jamoamda bo‘lishini istagan edim. Endi bo‘lsa, u shu yerda, shuningdek, Olive Jiru ham. Bizda tarkib bilan hammasi yaxshi”, deydi yangi murabbiy.

Tuxel, shuningdek, ko‘p yillar davomida Angliya Premer Ligasini kuzatganini ham aytib o‘tdi.

“Dortmundda ham, PSJda ham APLni kuzatganman. “Chelsi” tarkibidagi yigitlarning nimalarga qodir ekanini juda yaxshi bilaman”, deydi Tuxel.

Undan tashqari, germaniyalik mutaxassis jamoa tarkibidagi Aspilikueta va Pulishichga ham alohida to‘xtalib, ularni har daqiqada o‘yinni o‘zgartirib yuborishga qodir futbolchi, deb aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Tuxel'

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing