Ko‘p yig‘lagani uchun chaqaloqni uchinchi qavatdan uloqtirgan shaxsga hukm o‘qildi
Olam
−
16 may
16606Qozog‘istonda ikki yashar chaqaloqni o‘ldirishda ayblangan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi. Bu haqda "Otyrar" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, fojia o‘tgan yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan. Chimkent shahri markazidagi ko‘p qavatli uylardan birida 40 yoshli erkak o‘z jiyanini uchinchi qavat derazasidan uloqtirib yuborgan. Chaqaloqning onasi tez yordam chaqirgan, biroq shifokorlar go‘dakni qutqarib qololmagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimkent shahar sudining xulosasiga ko‘ra, erkak aqldan ozgan va uning yig‘lashiga chiday olmagani uchun chaqaloqdan qutulishga qaror qilgan.
“Og‘ir tan jarohatlari oqibatida chaqaloq jinoyat joyida vafot etgan. Sudning xulosalari guvohlarning ko‘rsatmalari, ashyoviy dalillar, sud-tibbiy ekspertizasiga binoan chiqarildi”, degan sudya Abinur Qoraboyev.
Aybdor Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 99-moddasi 3-qismi bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilinib, psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanishga yuborilgan. Jabrlangan tomon ham hukmga rozi ekani aytilmoqda.
LiveBarchasi