Ko‘p viloyat va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz – Prezident karantin masalasida ogohlantirdi
Jamiyat
−
16 iyun 2020
20225O‘zbekistonda karantin normalariga bir karra emas, o‘n karra amal qilinmasa va koronavirus bemorlari soni ortib borsa, qator viloyatlarda ko‘plab shaharlarni yopishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi vaqtida aytib o‘tdi.
“Biz iqtisodiyotni inobatga olib, karantinni yumshatyapmiz. Shu bilan birgalikda karantin normalariga kelishganimizdek, bir karra emas, o‘n karra e’tibor kerak. Men birinchi kundan karantin sharoitida yashash va ishlashga o‘rganishimiz kerak deb aytganman. Lekin agar shunday davom etaversa, ko‘p viloyatlar va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng, Prezident viloyat rahbarlari va Toshkent shahar hokimi aholi xavfsizligini ta’minlab, iqtisodiyotni tiklash va odamlarni ish bilan band qilish bo‘yicha taklif kiritishi kerakligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 ta holatda koronavirus aniqlanganini va ularning 57 tasida virusni yuqtirish manbasi noma’lum ekanini qayd etdi.
Bundan tashqari, virusning yengil shakliga chalingan va kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarni uyda davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi