Kuniga 25 tagacha o‘ta og‘ir holatdagi bemor keltirilmoqda — Zangiota shifoxonasi direktori
Jamiyat
−
22 iyul 2021 9088 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida kuniga 25 nafar og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari keltirilmoqda. Bu haqda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusida ochiq muloqot vaqtida ma’lum qildi.
“Shifoxonamizda 250 ta reanimatsiya o‘rni yaratilgan. Bu juda katta ko‘rsatkich. Kuniga 25 tagacha o‘ta og‘ir holatdagi bemor keltirilmoqda. Ularning 40 foizdan ortig‘i 65 yoshdan oshgan fuqarolardir. Bu bemorlarning barchasiga emlanish tavsiya qilingan, ammo vaksina olishni istashmagan”, deydi Doniyor Mirazimov.
Avvalroq, O‘zbekistonda tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan chaqaloqlarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanayotgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122048 nafarni, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qildi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr