Kundening “Barsa”ga transferi deyarli hal qilindi 

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Jyul Kunde “Sevilya”dan “Barselona”ga o‘tishga tobora yaqinlashmoqda. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan. “Barsa” rahbariyati ushbu haftada fransiyalik futbolchining transferi borasida “Sevilya” bilan kelishib olishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish joizki, Angliyaning “Chelsi” klubi ham Kundeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq “Chelsi”dan kelgan taklif o‘riniga Andalusiya klubi “ko‘k anorranglilar” taklif qilayotgan transfer formulasini afzal ko‘rgan. Ya’ni, londonliklar Kunde uchun bo‘lib to‘lash sharti va ko‘plab bonuslar bilan birga 65 million yevro berishga tayyor edi. “Barsa” rahbariyati esa “Sevilya”ga kamroq pul taklif qilgan, lekin ular transfer summasini birdaniga to‘lashga tayyor.

Ta’kidlanishicha, Kunde bilan shartnoma imzolanishi Kataloniya klubi ustozi Xavining alohida istagi bo‘lgan. Kelishuv yakunlangach, Xavining “Barselona” himoyasini kuchaytirish haqidagi talablari bajariladi.

Ma’lumot uchun, Jyul Kunde ortda qolgan mavsumda “Sevilya” tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazgan. “Transfermarkt” portali 23 yoshli futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jyul' Kunde

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing