“Barselona”ning ikki asosiy futbolchisi “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi
Sport
−
10:17 878 1 daqiqa
“Barselona” himoyachilari Erik Garsiya va Jyul Kunde Ispaniya chempionatining 9-turida “Betis”ga qarshi (5:2) uchrashuvda jarohat olishdi. Shu sababli ular “El-Klasiko”da ishtirok eta olmaydi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Erik Garsiya sonning to‘g‘ri mushagidan jarohat olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining tiklanishi bir oygacha davom etishi mumkin. Shu bois u noyabr oyidagi xalqaro tanaffusga qadar “Barselona” safida maydonga tushmaydi.
Jyul Kundening esa to‘pig‘i qayrilgan. Fransiyalik himoyachi PSJga qarshi uchrashuvni, shuningdek, 25 oktyabr kuni “Real Madrid”ga qarshi o‘tkaziladigan Ispaniya chempionatining 10-tur bahsini ham o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 8-turida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda (1:0) qizil kartochka olgani uchun “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi