“Barselona” o‘z futbolchisini “Yuventus”ga taklif qildi
Sport
−
28 iyul 2022 3905 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Memfis Depay uchun yangi jamoa izlashda davom etmoqda. Bu haqda “Corriere dello Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 28 yoshli futbolchini jamoada olib qolmoqchi emas va uni imkon qadar tezroq sotmoqchi. “Ko‘k anorrnglilar” rahbariyati Memfis Depayni Italiyaning “Yuventus” klubiga taklif qilgan. Biroq “zebralar”ga niderlandiyalik hujumchini sotib olish varianti qanchalik qiziq hozircha ma’lum emas.
Qayd etish kerakki, “Barsa” rahbariyati Depayni “Sevilya” bilan Jyul Kunde bo‘yicha kelishuvga qo‘shmoqchi bo‘lgan. Biroq Andalusiya klubi ushbu taklifga rad javobini bergan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Depay “Barselona” safida Ispaniya La ligasining 28 ta uchrashuvida maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr