“Inter”ga qarshi javob o‘yini oldidan “Barselona” jiddiy yo‘qotishga uchradi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining “Inter”ga qarshi birinchi o‘yinida (3:3) jarohat oldi va keyingi hafta javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining sonida jarohat bor. Kunde birinchi o‘yinning 40-daqiqasida jarohat olib, almashtirilgandi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 7 mayga o‘tar kechasi Milanda bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real Madrid” hisoblanadi. So‘nggi mavsumning finalida “qaymoqranglilar” Dortmundning “Borussiya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Joriy mavsum final o‘yini 1 iyun kuni Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Inter Jyul' Kunde

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing